Iordaniyalik darvozabon van Persi uslubida "kalla qo‘ydi" (video)
Iordaniya kubogi yarim final dastlabki uchrashuvida "Al-Vexdat" o‘z maydonida "Al-Ramta"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mezbonlarning mag‘lubiyatiga darvozabon Abdulla Al-Faxuri ham “hissa” qo‘shib yubordi. Aniqrog‘i, 19 yoshli posbon jarima maydona tashqarisiga yugurib chiqdi va to‘pga gollandiyalik mashhur hujumchi Robin van Persi uslubida “kalla qo‘ydi”. Biroq, uning bu zarbasi van Persining zarbasidan farqli o‘laroq avtogol bilan yakunlandi.



Fikrlar