
Isak "Nyukasl"ga minnatdorchilik bildirdi
"Liverpul"ning yangi futbolchisi Aleksander Isak klubni tark etganidan so‘ng "Nyukasl"ga murojaat qildi.
"Birgalikda tarixni yozdik va klubni o‘z o‘rniga olib keldik. Chempionlar Ligasiga chiqishdan tortib 70 yildan ortiq vaqt ichida birinchi sovrinni qo‘lga kiritishgacha bo‘lgan yo‘lning bir qismi bo‘lish men uchun katta sharaf. Mangu rahmat. Rahmat, "Nyukasl",- deb yozdi Isak o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Isak yangi mavsumda "Nyukasl" safida biror marta maydonga tushmadi, chunki u "Liverpul"ga o‘tish istagi tufayli klub bilan mashg‘ulotlarni boykot qilgandi. Angliyadagi transfer oynasining so‘nggi kunida shved oxir-oqibat "qizillar"ga rekord narxga sotildi.
Fikrlar