
Isak uchun APLning boshqa grand klubidan ham qiziqish bo‘lgan
"Liverpulm"ning yangi transferi Aleksander Isak boshqa nufuzli klublarga ham qiziqish uyg‘otgan edi.
Jurnalist Lyuis Stilning xabar berishicha, o‘tgan yozda "Nyukasl"ga tegishli bo‘lgan shvetsiyalik futbolchiga da’vogarlar orasida "Chelsi" ham bor ekan. Biroq, hujumchi oldindan "Liverpul"ga o‘tishga qaror qilgani bois, faoliyatini davom ettirishning boshqa variantlarini ko‘rib chiqmagan.
Mersisaydliklar 1 sentyabr kuni Aleksander Isak transferini e’lon qildi. Transfer qiymati bonuslarni hisobga olmaganda 145 million evroni tashkil etdi - bu Angliya futbolining yangi rekordiga aylandi. "Chelsi" esa hujum chizig‘ini "Ipsvich"dan Liam Delap va "Brayton"dan Joao Pedro bilan kuchaytirdi.
Fikrlar