
Islam Maxachev ishtirokidagi jangni qaerda ko‘rish mumkin?
Xabaringiz bor, ertaga Las-Vegasda "UFC Fight Night 202" turniri bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangida Islam Maxachev Bobbi Gringa qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Ushbu jang oqshomini "UzReportTV" jonli efirda namoyish qiladi. Bu haqda sharhlovchi Davron Fayziev xabar tarqatdi.
"Yaxshi xabar. Hozirgina hal bo‘ldi. UFC Vegas 49 turnirini UzReportTVda jonli namoyish etamiz. Efir ertaga tongda 5:00 da asosiy karddan boshlanadi. Markaziy jangda Islam Maxachev va Bobbi Grin to‘qnash keladi", - deya yozib qoldirdi Fayziev.
Fikrlar