
Islom Ahmedov: "Bu bizga katta dars bo‘ldi"
O‘zbekiston Kubogi ikkinchi turidan o‘rin olgan “Andijon FA” – “Qo‘qon-1912” (0:7) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Islom Ahmedov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Baribir tajriba o‘z so‘zini aytdi. Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimiz charchaganligi hisobiga muvozanatni yo‘qotishdi. Natijada raqib yakunlovchi nuqtalarni aniq bajardilar. Bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo yoshlik qilishdi va vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Bu bizga katta dars bo‘ldi. Yo‘l qo‘ygan xatolarimiz ustida ishlaymiz.
- Birinchi bo‘limda vaziyat yaxshi ketayotgandi va 0:0 hisobida yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda esa 7 ta gol o‘tkazib yuborilishi – bu juda ko‘p. Buni qanday izohlagan bo‘lardingiz?
- Asosan futbolchilarimizning yoshligi, charchoq sababli muvozanatni yo‘qotishgani hisobiga bo‘shliqlar paydo bo‘ldi. Baribir jismoniy holat ham rol o‘ynadi.
- Bu uchrashuvdan nima oldingiz?
- Katta tajriba bo‘ldi. O‘yinni yozuvini ko‘rib chiqib, xatolar ustida ishlashda davom etamiz.
Fikrlar