
Islom Ahmedov: "Kanchelskisni o‘yinchi sifatida bilaman, murabbiy tomonidan ishini ko‘rmaganman"
Eshitgan bo‘lsangiz, kuni kecha rossiyalik taniqli mutaxassis Andrey Kanchelskis Qirg‘izistonning “Muras Yunayted” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
“Abdish-Ata” klubi bilan Qirg‘iziston chempionligini qo‘lga kiritgan bosh murabbiy, hamyurtimiz Islom Ahmedov Sports.uz saytiga bergan intervyusida Kanchelskis haqida shunday dedi:
“Kanchelskis to‘g‘risida bir narsa deyish qiyin. Men uni o‘yinchi sifatida bilaman. Murabbiy tomonidan ishini ko‘rmaganman.
Esimda bor, “Navbahor”da ishlaganida hammasi nima bilan tugaganini bilamiz. U qanaqa murabbiy, falsafasi qanaqa, men bilmayman. Lekin katta nom! Taniqli inson. Qanaqa ishlashini vaqt ko‘rsatadi”.
Fikrlar