Islom Ahmedov: Terma jamoamiz safida eng yaxshi o‘yinchi kim? Aytaman, faqat kulmang...

  • 8 oktabr, 2020, 22:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Milliy terma jamoamizning Eronga qarshi o‘yini borasida turli taassurotlar yangramoqda. Mag‘lubiyat o‘z nomi bilan mag‘lubiyat. Bugun yana eronliklarga yutqazdik. Ammo jamoamizning o‘yini qanday chiqdi? Albatta, bu borada turli fikrlar aytilishi turgan gap. Biz esa mamlakatimizda katta tajribaga ega bo‘lgan Islom Ahmedovni shu mavzu bo‘yicha suhbatga tortdik. U O‘zbekiston – Eron o‘rtasidagi bahsga ilmiy tomondan yondashdi va bir qancha muhim jihatlar haqida gapirdi.

Tecno

“Eron to‘psiz harakat qilib, o‘yin nazoratini ushlab turdi”

-  Islom aka, milliy terma jamoamizning Eronga qarshi uchrashuvini kuzatdingiz. Ayting-chi, o‘yinning umumiy kartinasi sizda qanday taassurotlar uyg‘otdi?

-  Nima deyishim mumkin? Javob bersa bo‘ladi, ammo qiyin savol. Vadim Abramov terma jamoaga yaxshi o‘yinchilarni chaqirdi. Lekin, baribir hozirgi paytda himoya chizig‘i biz uchun katta muammo. To‘g‘risi, bizda yaxshi himoyachilar kamdan-kam. O‘rta chiziq va hujumdagi harakatlarimiz yaxshi. Biroq jamoamizning to‘psiz o‘yini borasida hali murabbiylar shtabi ko‘p o‘ylanishlari kerak bo‘ladi. Eronga e’tibor berdingizmi, ularni bugun to‘psiz harakatlari yaxshi chiqdi. Bu ham bir taktika. Bizga shu narsa etishmayapti. Albatta, jamoamiz to‘p bilan yaxshi o‘ynayapti, ammo to‘pni yo‘qotganda jiddiy muammolarga uchrayapti. Men to‘pni qaytarish haqida gapirmayapman. Eron to‘psiz o‘ynab bizning yigitlarimizni xato qilishga majbur qilishdi. Yana bir gap: chetdan kelgan futbolchilarimiz o‘zlarini ayab o‘ynashyapti. Mahalliy o‘yinchilarimiz bilan legionerlarimiz qanday harakat qilishganini solishtiring. Balki bu o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lgani uchun o‘zlarini ayab o‘ynashgandir, mayli, bu tushunarli. Lekin terma jamoa to‘g‘risida gap ketayotgan bo‘lsa, to‘psiz harakatimizni kuchaytirishimiz lozim. Axir 90 daqiqa davomida har doim to‘p bilan o‘ynay olmaysiz-ku. Hamma vaqt qarshi hujumlarga duch kelamiz. Himoya chizig‘imiz esa murabbiylarimiz uchun bosh og‘riq. Eron to‘psiz harakat qilib, o‘yin nazoratini ushlab turdi. Chunki ular shuni o‘rganishgan. Agar terma jamoamiz ham shu jihatni o‘rganib olsa, biz bilan o‘ynash raqiblarimizga juda qiyin bo‘ladi.

-  Har safar Eronga yutqazamiz. Fikringizcha, ular biz uchun noqulay raqibmi?

-  Yo‘g‘-e! Noqulay raqib bo‘lmaydi. Faqat biz tayyor bo‘lishimiz kerak. Siz mendan fikrimni so‘radingiz va men mutaxassis sifatida javob beryapman. Men bejizga tinmasdan to‘psiz harakat haqida gapirayotganim yo‘q. Agar eronliklarga o‘xshab biz ham shunday usulda o‘ynay olsak bormi, forslar ham biz uchun hech narsa emas. Nafaqat Eron, balki boshqalar ham. Bizning futbolchilarimiz to‘p bilan yaxshi muomala qilishadi, faqat shuni to‘psiz ham o‘rganishlari zarur.

“Men uchun Nesterov birinchi raqamli darvozabon”

-  Ko‘pchilik darvozabon masalasida tanqidiy fikrlar bildirishyapti. Bu ham bizning og‘riqli nuqtamizmi?

-  Xm, bu ham muammo. Lekin bir-ikkita vaziyatda Suyunov yaxshi o‘ynadi. Uni ko‘p hollarda faqat o‘z joyida ko‘rardim. Bugun esa bir marta chiziqdan tashqariga chiqib yaxshi o‘ynadi. Hozircha bizda bitta Suyunov!

-  Nesterov-chi?

-  Nesterov? Men uchun u baribir birinchi raqamli. Ignatiy har qachon darvozada tursa futbolchilarda o‘ziga ishonchi yanada ortadi. Buning ustiga hech qachon darvozabonlarning yoshiga qaralmaydi. Biroq noqulay savol berdingiz. Ayni paytda Nesterovga o‘xshagan posbon yo‘q.

-  Demak, u terma jamoamiz kerak-a?

-  Albatta, kerak. Ammo murabbiylarning ishiga aralashish noto‘g‘ri. O‘rtoqlik o‘yinlari kelajak uchun kerak. Karantin qachon tugashini hech kim bilmaydi. Baribir yangi avlodni ham ko‘rib tayyorlash kerak-ku. Murabbiylar shtabi shu ish bilan shug‘ullanishyapti. Bizda esa iqtidorlar ko‘p. Eron esa kuchli raqib. Tajriba o‘rganish uchun Eronga qarshi o‘yin boshqa o‘tkaziladigan 10 ta uchrashuvning o‘rnini to‘ldiradi. Eron – bu chiroyli o‘yin ko‘rsatmaydigan jamoa. Ular nemislarga o‘xshab natijaga o‘ynaydi. Eronni Osiyoning Germaniyasi deb hisoblayman.

“Futbolchilarimiz Erondan qo‘rqishmadi”

-  Shomurodov haqida ham so‘ramoqchiman. “Jenoa”ga o‘tgan hujumchimiz xususida nima deya olasiz?

-  O‘zbekiston fuqarosi sifatida xursandman. Bizning yigitimiz shunday darajaga etyapti. Umid qilaman, Italiya jamoasi bu oxirgisi emas. Undan ham kuchli klubga o‘tadi. Iloji boricha futbolchilarimiz ko‘proq kuchli chempionatlarda o‘ynashlari kerak. Faqat arablarda emas. Asosan Evropa tomonlarda o‘ynashlari muhim. Ana shunda terma jamoaga qaytib men aytgan uslublarni bemalol bajara oladilar. Ichki chempionatimizning saviyasini ko‘tarish ham muhim. Abramovning o‘yin falsafasi yaxshi. Faqat to‘psiz harakatni kuchaytirish lozim. Biroq shu narsani amalda qo‘llash unga juda qiyin. Chunki terma jamoa klub emas. U erda futbolchilar qisqa muddatga yig‘ilishadi. Agar futbolchilarimiz ko‘proq chetda o‘ynashsa men aytayotgan narsaga xorijda katta e’tibor berishadi. Lekin o‘zimizdagi murabbiylarimiz ham to‘psiz harakatning ma’nosini tushunishiga vaqt kerak bo‘lyapti. Chunki murabbiylarimiz to‘p bilan o‘ynashga asosiy e’tiborni qaratishadi. Buni o‘zgartirish esa oson emas. O‘zim instruktor sifatida murabbiylarni doim o‘qitaman. Ularga to‘psiz harakatlanishni qancha ko‘p tushuntirsam ham baribir maydonda to‘p bilan ishlashga qarab ketishyapti. Xorijda esa to‘psiz harakatni o‘rganishga majbur. Agar o‘rganmasa o‘ynay olishmaydi. Bugungi o‘yinda faqat bitta narsadan xursand bo‘ldim: futbolchilarimiz Erondan qo‘rqishmayapti.

-  Ushbu o‘yin uchun terma jamoamizga nechi baho qo‘yasiz?

-  Baho? Yo‘q, baho bersam noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu faqat o‘rtoqlik o‘yini. Murabbiy ushbu uchrashuv orqali nimani ko‘rishni xohlaganini bilish lozim. Lekin jamoamiz yomon taassurot qoldirmadi. Eron kuchli raqib va ularga qarshi yigitlarimiz qo‘rqmasdan o‘ynashdi. Sizga o‘yin davomida ko‘zga tashlangan kamchiliklarimizni aytdim.

“Himoyada Krimets va Ismoilov juftligi eng kuchlisi”

-  Himoya haqida gapirdingiz. Rossiyalik Igor Golbanga fuqarolik berildi va terma jamoamizga chaqirilyapti. Golban orqali himoyadagi muammoni “yopish” mumkinmi?

-  Bu savol 20 yil oldin berilganida javob berardim. Baribir yana to‘psiz harakatga borib taqalyapti. Yarim himoya va hujumda shu narsa muammo bo‘lsa, himoya chizig‘i yordam bera olmaydi. Himoyaning ishi qachon boshlanadi? To‘p yo‘qotilganida. Golbanga bizning futbolchilarimizni tushunib olishiga hamda moslashishiga vaqt kerak bo‘ladi. Ammo u yaxshi himoyachi. Osiyo Chempionlar ligasida “Paxtakor” safida Egor Krimets bilan Anzur Ismoilov yuqori saviyada o‘ynashdi. Ushbu juftlik men uchun eng kuchlisi. Termamizga o‘ziga ishonadigan, aqlli himoyachilar kerak. Bugun himoya markazida ishonchli o‘yin bo‘lmadi, sezdingizmi? Bu esa tajribaga borib taqalyapti. Islom Qobilovni ham, Rustam Ashurmatovni ham kelajagi bor. Lekin biz bugungi o‘yin haqida gapiryapmiz. Terma jamoa nima degani? Bugun kim kuchli va to‘liq tayyor bo‘lsa, o‘sha o‘ynaydi. Ko‘ryapsizmi, Abramov yoshlarga ko‘proq e’tibor beryapti.

-  Terma jamoamiz tarkibida ko‘proq kimning o‘yini yoqdi?

-  Aytaman, faqat kulmang, menga Lutfulla To‘raevning o‘yini yoqdi.

-  Sabab?

-  Juda aqlli o‘ynadi. Uning hamma harakati to‘g‘ri bo‘ldi. Himoya va hujum o‘rtasida balansni ushlab turdi. Hujumni rivojlantirishda ham faol o‘ynadi. Juda foydali o‘yinchi bo‘ldi. Hamma hayron qolishi mumkin, ammo men uchun To‘raevning o‘yini katta syurpriz bo‘ldi. Boz ustiga u shu yoshida Erondek raqib bilan o‘ynayapti. Eron esa Malayziya yoki Vetnam emas. Boshqalar ham yomon emas. To‘raev esa zaxiraga olingach, o‘yin ham buzilib ketdi. Shuningdek, Abror Ismoilovning harakati yoqdi. Biroq u yosh va hali o‘sishi lozim. Bizning jamoada eronliklarga o‘xshab o‘ynagan futbolchi Lutfulla To‘raev bo‘ldi. Shoshilmadi, xotirjam harakat qiladi. Ochig‘i, hayron qoldim. Esingizda bormi, o‘z vaqtida uni tanqid qilgandim. Abramovning qilayotgan ishlari to‘g‘ri. Yoshlarimiz bugun tajriba olishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
09/10/2020 00:00
Bitta golga Lutti aybdor buldiki. qarap utirdi. Lutti tugri hotirjam uynadi lekin. u uynagan pazitsaga. mos emas. u himoyachilarga yordam beradigan uyinchi. shunday ekan. uning urniga. manga. Hamrabekov uynasa yahshi. manga qolsa urta. Hamrabekov Ganiev Oston. shula uynasa zur sastav buladi. himoyaga esa. kelajak bilan nazar solsak. Husniddin Aliqulov. bilan Doston Tursunov. yoki Ashurmatov bilan Kremis. qanotlar esa. kuchli.
&
09/10/2020 08:12
Битта 100% ли голда куткарди лекин. Азмунга кевотган коптони четга чикарворди
&
Liverpool fan
09/10/2020 00:42
Энг ёмон уйнаган ашурматов болди
Eldor Salamovich
09/10/2020 00:25
Lutti uzidan tupni qochirishga xarakat qiladi nomi bilan luttivoz buni xamma biladi buvim bobom magazinchi g'aybulla
Исройл Умаров
08/10/2020 23:29
Тураевмиш...афсус
Исройл Умаров
08/10/2020 23:28
Тураевмиш...афсус