
Islom Isoqjonov "Navbahor"dan ketadi...mi?
Klubda yuz berayotgan yangiliklardan xabaringiz bor. Tarkibda o‘ziga yarasha o‘zgarishlar yuz bermoqda. Yangi futbolchilar taklif etilmoqda va jamoa etakchilari bilan kelishuvlar ham uzaytirilmoqda. Shu bilan birga “Navbahor” futbolchilariga ham boshqa klublardan qiziqishlar bo‘lishi tabiiy.
Jamoaning iqtidorli yarim himoyachilaridan biri Islom Isoqjonovning “Navbahor” bilan tuzgan shartnomasi 31 dekabr kuni yakuniga etadi. Hozircha futbolchi va klub o‘rtasidagi bitim uzaytirilgani yo‘q. U joriy chempionatda “Navbahor” safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Isoqjonovga bir qator jamoalardan takliflar bo‘lmoqda. Uning kelasi mavsumni qaerda o‘tkazishi tez orada aniq bo‘ladi.
Fikrlar
Олайотган уйинчилардан кура дублордаги йошларга имкон верил зарур хозир уйинчилар асосий таркибга шарнома тузади шунинг учун них наманганлик йошларни бошкалардан оляпмиз булар келиши билан дубл йошларни асосийда тушиши кечикади натижада йошлар хам жамоа излаб кетиб коляпти 2йилдан кейин биз уларни ялиниб сотиб оляпмиз шунинг учун биздан Мирхолдиршоев Цатсщких кабинет содик уйинчилар чикмай куйди хатолар булса узур бу менинг шахсий фикрим