Islom Kenjaboev "Qizilqum"da to‘p suradi...mi?
Janubiy Koreyaning “Cheju Yunayted” jamoasida yarim mavsum faoliyat olib borgan hamyurtimiz Islom Kenjaboev yurtimizga qaytib keldi.
Kuni kecha futbolchining sports.uzga bergan intervyusini havola etgandik. Unda Superliga klublaridan takliflar borligi haqida gapirgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Qizilqum” klubi Kenjaboevga jiddiy taklif bilan chiqqan. Chunki Islom navoiylik bo‘lgani uchun ham jamoa bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov futbolchini “Qizilqum”da ko‘rmoqchi.
Shunday ekan, katta ehtimol bilan “Qizilqum” safiga qo‘shilishi kutilyapti. Bu haqda futbolchi bilan bog‘langanimizda barcha masala tez orada hal bo‘lishini aytdi.
Fikrlar