
Islom Kenjaboev Toshkent klubiga o‘tmoqda
Superligada bu mavsum o‘zini ko‘rsatgan "Qizilqum" etakchisi Islom Kenjaboev faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi Toshkentning "Lokomotiv" klubi safini to‘ldiradi. Hatto Kenjaboev "termiryo‘lchilar" bilan allaqachon kelishuvga erishgan.
Xabaringiz bor, "Lokomotiv" Pro liga yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rin bilan Superligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Bugun esa "Qizilqum" Superligaga o‘tish o‘yinida "Qo‘qon-1912" bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Islom Kenjaboev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Fikrlar