Islom Maxachev - Aleksandr Volkanovski kim g‘alaba qozonadi? (So‘rovnoma, 2-qism)

  • 7 fevral, 2023, 15:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

12 fevral kuni Avstraliyaning Pert shahrida “UFC 284” turniri tashkil etilishi va markaziy jangda Islom Maxachev hamda Aleksandr Volkanovski to‘qnash kelishi haqida xabar berganmiz va aynan ushbu voqelik borasida o‘zbek yakkakurash olami vakillarining fikri bilan qiziqib, 1-qismini e’tiboringizga havola etgandik. Navbat 2-qismiga...

Tecno

Ayubxon Kamolov – MMA jangchisi (O‘zbek MMA olamining faxriy vakili)

- Bu vazn toifa Islomniki, Volkanovski baribir kichik vazn toifasidan ko‘taradi. Uni ham yomon demoqchimasman. U ham o‘z divizionining mutlaq chempioni. Ammo bu vazn toifasiga Islom yaxshi moslashgan. Shuning uchun unda imkoniyat ko‘p. Qolaversa, biz ham Islomga muxlislik qilamiz. Chunki, yurtimizga ko‘p tashrif buyurgan, dindoshimiz, xulqi ham chiroyli deb bilaman. Uning g‘alaba qozonishiga umid qilamiz va ishonamiz. Yana muhim jihati, Islomning oldida juda yaxshi murabbiylar yig‘ilgan, unda maktab yaxshi shakllangan va shungga monand jang olib boradi. Agar, tasodif yuzaga kelmasa, Volkanovskida imkoniyat juda kam. 90/10 degan bo‘lardim.

kamalov

Otabek Musaev – O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi hakamlar qo‘mitasi raisi

- Bu jangda Islom Maxachev 1-raund oxiri yoki 2-raundda “sabmishen” bilan g‘alaba qozonadi. Maxachev taktik jang olib boradi, asosan 2-raqamli bo‘lib, Volkanovski esa jangni xujumda o‘tkazadi va yuqorida aytganimdek, bu bahs uzoqqa cho‘zilmaydi.

otabek musaev

Nursulton Ro‘ziboev – MMA jangchisi

- To‘g‘risi, Volkanovski ham zo‘r jangchi, gap bo‘lishi mumkinmas. Biroq, baribir vazni va bo‘yi kichik. Bu uning uchun juda ham minus jihat. Islomga esa aksincha ustunlik beradi. Keyin, kurashda ham Islomga bas kela olmaydi. Islomni “stoykasi” ham Volkanovskidan qolishmaydi. Imkoniyatlarni 70/30 ham demagan bo‘lardim. Islom yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonadi.

nu

Marat Bekmuratov – menejer (Qirg‘iziston)

- Bu jangda qisman Islom Maxachev vaforit bo‘lib chiqadi. Biroq, Volkanovskiga etarli baho bermaslik salbiy oqibatlarga olib keladi. Aleksni “teyk-daun”lardan himoyalanishi kuchli, kurashga kirishiga osonlikcha yo‘l qo‘ymaydi. Lekin Islom uni setkaga yopishtirib, amallab “parter”ga tushira olib, ikki raund charchatsa, 3-4 raundlarda Volkanovski qarshilik ko‘rsata olmasa kerak. Aleksda g‘alaba qozonish imkoniyati juda past.

Marabek

Dadaxon Hasanov – MMA jangchisi, referi

- Ikki kuchli jangchilar bizga chiroyli va qiziqarli bahsni tuxfa etadi. Aleksandr Volkanovski o‘z uyida  Avstraliyada jang qiladi. Qisman bu ham unga qo‘shimcha kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Ammo, Islom Maxachev baribir o‘z vazn toifasida harakat qiladi. Uning ustunlik jihatlari ko‘p. Shuning uchun Maxachevda imkoniyat yaxshi. Imkoniyatlarni 60/40 deya baholagan bo‘lardim.

dadaxon xasanov

Mavlud Tifiev – muaytay, MMA jangchisi

- Yaxshi va qiziqarli jangni guvohiga aylanamiz. Menimcha bir-biriga munosib raqiblar deya olaman. Chunki Volkanovskida qarshilik ko‘rsata olish imkoniyati bor. Biroq, Islomni kurashi baribir xal qiluvchi rol o‘ynasa kerak. Islom Maxachev g‘alaba qozonadi. Albatta, bu shaxsiy fikrim!

Mavlud ti

Humoyun Ibragimov – MMA jangchisi

- Bu jang haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, 70/30 Islom foydasiga degan bo‘lardim. Agar, jang 3-raunddan o‘tsa, Volkanovski g‘alaba qozonadi. Biroq, bunga Islom yo‘l qo‘ymasa kerak. 2-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman.

xumoyun_3

Mashrabjon Ro‘ziboev –MMA jangchisi

- Albatta yaxshi va qiziq jang bo‘ladi. Barchasi oktagonda hal bo‘ladi. Kimni g‘alaba qozonishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Faqat, imkoniyatlar borasida Islom Maxachev ustunroq, deb bilaman.

Mashrabjon n

Eldor Eronov – MMA jangchisi

- Volkanovskini qanchalik kuchli jihatini gapirmaylik. Baribir bu jangda Islom Maxachevning imkoniyati anchagina yuqori. Chunki, u o‘zi moslashgan vazn toifasida jang qiladi. Qo‘llari, bo‘ylari uzun, kurashi anchagina kuchli. Shunday ekan, bu bahsda Maxachev g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman.

Eldor

Jahongir Najmiddinov – MMA jangchisi

- Aleksandr Volkanovski Maxachev uchun juda qiyin raqib bo‘ladi, deb o‘ylayman. Haqiqatdan Maxachev uchun oson jang bo‘lmaydi. Ammo, Islomda ustunlik tomonlar ko‘p va baribir u g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman.

Jahon Najmiddinov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!