Islom Maxachev MakGregor – Chendler jangida kim g‘olib bo‘lishini taxmin qildi

  • 31 may, 2024, 13:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev ikki vazn toifasida sobiq UFC chempion Konor MakGregor va Maykl Chendler o‘rtasidagi jang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"To‘g‘risini aytsam, kim g‘alaba qozonishini aniq bilmayman. Lekin Chendler bor e’tibori bilan jangga tayyorgarlik ko‘rayotganini bilaman. Menimcha, u mazkur bahsda g‘alaba qozonadi. Konorga kelsak, u tungi klubda ko‘proq "mashg‘ulot" o‘tkazmoqda", - dedi Maxachev MMA Junkie bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Konor MakGregor(22-6) va Maykl Chendler(23-8) o‘rtasidagi qarama-qarshilik 29 iyun kuni "UFC 303" turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!