Islom Maxachev va Arman Tsarukyan jangi muddatidan avval yakunlanadi. G‘olib... (So‘rovnoma)

  • 11 yanvar, 14:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

19 yanvarga o‘tar kechasi AQShning Los-Anjelas shahri "UFC 311" turniriga mezbonlik qiladi. Mazkur oqshomning asosiy to‘qnashuvi Islom Maxachev hamda Arman Tsarukyan o‘rtasida kechadi. Biz ushbu qarama-qarshilik borasida an’anaga muvofiq o‘zbek yakkakurash olami vakillarining fikri bilan qiziqdik. 

Sunnat Ilyasov - O‘zbek MMAsining bayroqdori! (Jahon chempioni)

- Bu jang borasida gapiradigan bo‘lsak, Islamda imkoniyat yuqori. Uning kurashi juda zo‘r. Raqibida ham bu jihat yaxshi shakllangan-u, baribir xom kurashi. Hozirgi kunga kelib, yaxshi xozirlik ko‘rgandir, lekin bu etarli emas. Islam boshqa daraja. Ya’ni Islamni kurash ba’zasi bilan Tsarukyannikini farqi bor. Maxachev "stoyka"da ham kurashda ham ustun. Taktikasi zo‘r. Jamoasida Habibdek akasi, murabbiyi bor. Bu yarim g‘alaba degani. Imkoniyatlar 90/10 % Islom! 



Rustam Magdiev - sobiq sportchi,  murabbiy (Qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempioni)

- Yaxshi jang bo‘ladi. To‘g‘risi, Maxachevning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Tsarukyanni u qadar kuzatgan emasman. Shuning uchun Maxachevga muxlislik qilaman. Qolaversa, u mukammal jangchi. Jismoniy holati ham zo‘r. Har tomonlama ustun. Bu jangda Maxachev g‘alaba qozonadi. Imkoniyatlar 80/20% Maxachev. 



Mirzohid Ataboev - sobiq sportchi, murabbiy (Kikboksing bo‘yicha jahon chempioni)

Qiziqarli jang bo‘ladi. Maxachev agar Volkanovski bilan birinchi jangdagi kabi raqibga past baho bersa va shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ysa, Tsarukyanda imkoniyat paydo bo‘ladi. Boshqa jihatdan Tsarukyanda ustunlik ko‘rmayapman. Islam jismonan ham baquvvat undan. Ularning birinchi jangidan xulosa chiqarmaslik kerak. Islam hozir boshqa darajada. Imkoniyatlarni 70/30% degan bo‘lardim. Albatta Islam foydasiga!

Mansur Tugizbaev - MMA jangchisi, murabbiy va referi

Ijtimoiy tarmoqlarda,turli xil nashrlarda ko‘pchilik Tsarukyan jiddiy qarshilik ko‘rsatadi, degan fikrlarni bildirmoqda. Men bu fikrga qo‘shilmagan bo‘lardim. Jang muddatidan avval yakunlanadi. Ya’ni uzog‘i 3-raundda Islam texnik nokaut yoki bo‘g‘ish usuli bilan g‘alaba qozonadi. Imkoniyatlar 70/30%.



Mavlonbek Qahhorov - muaytaychi (jahon chempioni)

- Bu safar ikkisi uchun ham oson bo‘lmaydi. Tsarukyanda ruhiy bosim bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman va bu gal undan  ancha faol, agressiv jang kutyapman. Biroq, baribir Islam yutadi, degan fikrdaman. Chunki Islamni o‘zi ham burchagi ham juda tajribali. To‘g‘risi, o‘zim Islomga muxlislik qilaman. Imkoniyatlar 60/40% Islam!

Mirafzal Axtamov - MMA jangchisi (Bellator)

- 
Qiziq jang bo‘ladi. Menimcha Tsarukyan jiddiy qarshilik ko‘rsata oladi. Imkoniyatlarni 50/50 baholagan bo‘lardim. Jang to‘liq davom etsa kerak. Ammo bir jihat bor, jang to‘liq davom etsa ham baribir chempionda nisbatan ustunlik bo‘ladi. Ehtimol, ochkolarga ko‘ra Islam g‘alaba qozonar. 



Abdurahmon Fozilov - MMA jangchisi

Jang teng kurashlar ostida kechsa kerak. Ikkisi ham kurashchi va kurashdan yaxshi himoyalanishadi. Lekin baribir Islam tajribaliroq va darajasi yuqoriroq. Jang to‘liq davom etadi va ochkolar hisobiga Islam g‘alaba qozonadi. Imkoniyatlarni 60/40% degan bo‘lardim. 



Faxriddin Mardiev - MMA jangchisi 

- Islamda imkoniyat yuqori deb o‘ylayman. Jang to‘liq davom etadi, degan fikrda ham emasman. Islam uzog‘i 4-raundda g‘alaba qozonsa kerak. Imkoniyatlarni 70/30% deya baholagan bo‘lardim. 

Akbar Islomboev -MMA jangchisi

- Dastlabki raundlar Islam uchun qiyin bo‘ladi. Lekin baribir jang to‘liq davom etmaydi. 3 yoki 4-raundda Islam sabmishn bilan g‘alaba qozonadi. Imkoniyatlarni 60/40% deya baholagan bo‘lardim. 

Davlat Xadjaev - MMA jangchisi

Jang to‘liq davom etadi, deb o‘ylamayman. To‘g‘ri, Islam uchun noqulay raqib va qiyin jang. Ammo Islam 4 -raundda sabmishn bilan g‘alaba qozonadi. Bunga 99% ishonaman. Mayli 1 % Armanga ham imkoniyat beraylik. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!