Islom Maxachevning bu yil nechta jang o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

  • 28 fevral, 2024, 16:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Taniqli menejer Ali Abdel-Azizning aytishicha, engil vazn(70,3 kg) toifasida amaldagi UFC chempioni Islom Maxachev(25-1) bu yil kamida ikkita jang o‘tkazadi.

“UFC Islomga qaysi sanalarni taklif qilishidan qat’i nazar, u bu yil kamida ikkita jang o‘tkazadi. Bu 100 foiz”, – dedi Ali Abdel-Aziz The Schmo nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq internetda Islom iyun oyida engil vazn toifasida chempionlik unvoni uchun asosiy da’vogarlardan biri Jastin Getji(25-4) bilan jang qilishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev so‘nggi jangini o‘tgan yilning oktyabr oyida o‘tkazib, birinchi raundda Aleks Volkanovski(26-4)ni nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!