Islom To‘xtaxo‘jaev "Al-Sadd" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida nima deydi?

  • 24 avgust, 2022, 12:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Qatar Yulduzlar ligasida ”Al-Garafa” klubi safarda “Al-Sadd” ustidan 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda hamyurtimiz Islom To‘xtaxo‘jaev “Al-Garafa” safida to‘liq ishtirok etdi.

Tecno

Bahs yakuniga etganidan keyin legionerimiz Sports.uz uchun taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Avvalo, g‘alaba bilan tabriklayman. Qiyin o‘yin bo‘ldi, ammo “Al-Garafa" yutdi. Qanday taassurot qoldi?

- Rahmat. Uchrashuv qiyin bo‘lishini oldindan bilib turgandik. Xudoga shukr, omadimiz kelib, g‘alaba qozondik.

- O‘tgan turda “Al-Shamal”ni 1:0 hisobida yutayotib yakunda 1:2 hisobida yutqazdinglar. Shundan keyin ruhiy tarafdan tiklanish qiyin kechmadimi? Boz ustiga bu safargi raqib “Al-Sadd” edi...

- Futbolda bo‘lib turadi. Unda doim g‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Bunday jamoalarga qarshi hamma astoydil tayyorlanadi.

- “Al-Sadd”dan Rodrigo Tabata 29-daqiqada maydondan chetlatildi. Raqibni bir kishi kam bo‘lishi g‘alabada muhim rol o‘ynadimi yoki...

- Menimcha, ha. Chunki 10 kishiga qarshi o‘ynash albatta osonroq.

- “Al-Garafa”ga qanchalik moslashdingiz? Jamoadoshlaringiz sizni nima deb chaqirishadi va hozirda yaqin do‘stingiz kim?

- Jamoaga kirishib ketishim qiyin bo‘lgani yo‘q. Bizning jamoa juda ahil, barcha futbolchi bilan munosabatim ajoyib. Hamma bu erda o‘z ismim bilan chaqiradi.

- Bosh murabbiy sizdan nimani talab qilyapti? Umuman, Andrea Stramachchoni qanday murabbiy ekan?

- Juda ajoyib murabbiy. Faqat futbol o‘ynashni talab qiladi. Har doim futbolchilarni qo‘llab-quvvatlaydi. Mag‘lubiyatga uchragan paytimizda ham katta dalda beradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!