Islom To‘xtaxo‘jaev Qatarga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Ayni paytda JCh-2018 3-saralash bosqichi 6-turidan o‘rin olgan Suriya – O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘yinning 13-daqiqasida O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jaev hakam tomonidan ogohlantirildi. Shu tariqa futbolchining sariq kartochkalari soni 2 taga etdi. Bu esa To‘xtaxo‘jaevni keyingi o‘yinni o‘tkazib yuborishini bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston keyinni bahsni Toshkentda Qatarga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuv 28 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar