Ispan klublari Fabregasni La Ligaga qaytarmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregasni yozgi transferlar mavsumida bir qator ispan jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rishadi.
Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu futbolchi uchun “Valensiya” va “Vilyarreal” jamoalari kurashni boshlab yuborishdi. “Ko‘rshapalaklar”ning bitta ustunligi EChLda ishtirok etishadi. O‘z navbatida “Vilyarreal” ham futbolchiga ko‘proq o‘yin amaliyoti berilishini taklif qilmoqda.
Fabregasning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yil yozida yakuniga etadi. Bu mavsum u APlda 32 o‘yinda 2 gol va 4 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar