Ispaniya Kubogi. Ilk finalchi nomi ma’lum

  • 5 aprel, 2023, 03:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Atletik" - "Osasuna" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.  

Dastlab, 33-daqiqada Uilyams hisobni ochdi. Asosiy vaqtda mazkur gol yagonaligini saqlab qoldi va muxlislar ekstra taymlar guvohi bo‘ldi. Qo‘shimcha vaqtning 116-daqiqasida Ibanes muvozanatni tikladi va ushbu gol "Osasuna"ning finalga chiqishi uchun etarli bo‘ldi. 

Gap shundaki, pamplonaliklar birinchi to‘qnashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Ikki bellashuv natijasiga ko‘ra, "Osasuna" 2:1 hisobida bilbaoliklardan ustun keldi. 

Ma’lumot o‘rnida, Arrasate shogirdlari finalda "Barselona" hamda "Real" o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi bosh sovrin uchun kurash olib boradi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!