
Ispaniya superkubogi. "Real" "Barsa" ustidan yirik hisobda zafar quchib, turnir g‘olibiga aylandi
Ispaniya superkubok finalidan o‘rin olgan "Real" - "Barsa" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda madridliklar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 10-daqiqasigacha Vinisius ikki bora kataloniyaliklar darvozasini ishg‘ol qila oldi. Levandovski 33-daqiqada javob qaytargan bo‘lsa, taym so‘nggida Vinisius penaltini aniq amalga oshirdi. 64-daqiqada Rodrigo ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Anchelotti shogirdlari ikkita uchrashuvda umumiy 9 ta gol urgan holda Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar