Ispaniya terma jamoasi yetakchilaridan biri 2 oy maydonga tusha olmaydi

  • 02.02.2026 18:11
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Bilbaoning "Atletik" klubi futbolchisi Niko Uilyams yaqin oylarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqida "El Chiringuoto TV" jurnalistlari xabar bermoqda. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 23 yoshli vinger chovidagi muammolar tufayli yangidan davolanishi kerak bo‘ladi, chunki avvalgi muolajalar yaxshi bo‘lmagan. Shu sababli, Niko 6 yoki 8 hafta davomida maydonga tusha olmasligi mumkin.

Ma'lumot uchun, ispaniyalik futbolchi joriy mavsum "Atletik" safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol kiritdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!