Ispaniya terma jamoasi oʻyinchilari Rodrini «Real»ga oʻtishdan oldin ogohlantirdi

  • 29.07.2026 17:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri shu yozda Madriddning «Real» jamoasiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «shaharliklar» yetakchisi o‘zi ham «qirollik klubi» safida to‘p surish istagini bildirgan. 

Biroq The Touchline nashri yozishicha, Ispaniya terma jamoasidagi ayrim jamoadoshlari unga bu qaror bo‘yicha shoshilmaslikni maslahat bergan. Ular «Real» kiyinish xonasidagi keskin muhit haqida gapirib, Rodrini ogohlantirgani aytilmoqda. 

Manbaga ko‘ra, xavbekka bu haqida hozirgi va sobiq terma jamoa futbolchilari tushuntirishga urinigan, ammo aniq ismlar ochiqlanmagan.

Hozircha klublar Rodri transferi shartlari yuzasidan kelishuvga erisha olgani yo‘q. Shunga qaramasdan, 30 yoshli jahon chempioni «Real» uchun yozgi transfer oynasining ustuvor nomzodlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!