Ispaniya terma jamoasi o‘z rekordini takrorladi — de la Fuente jamoasi 29 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti

  • 15 oktabr, 10:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi JCh–2026 saralash bahsida Bolgariyani 4:0 hisobida mag‘lub etdi va mag‘lubiyatsiz seriyasini 29 ta o‘yinga etkazdi. Bu ko‘rsatkich (24 g‘alaba, 5 durang) terma jamoa tarixidagi eng uzoq seriya hisoblanadi va u ilk bor Visente del Boske davrida (2010–2013) qayd etilgan edi.

Tecno

Ispaniya bosh murabbiyi Luis de la Fuente shogirdlarining rekord natijasi haqida fikr bildirdi:

"Pedri ajoyib futbolchi! U boshqalar ko‘rmagan imkoniyatlarni ko‘radi. Biz Ispaniya terma jamoasining rekordini takrorladik, ammo bu mening emas, o‘yinchilarning yutug‘i. Biz bundan ham kattaroq natijalarni xohlaymiz. Bu jamoa yangi g‘alabalar va yutuqlar uchun kurashishdan hech qachon charchamaydi", — dedi de la Fuente.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!