
Ispaniya terma jamoasi Pikening holati bo‘yicha bayonot berdi
Ispaniya terma jamoasi rasmiy vakili Paloma Antoras jamoaning asosiy himoyachisi Jerar Pikening jarohat olgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
“Pikeda hech qanday muammo yo‘q. Bu jarohat emas”, - deydi Antoras.
Eslatib o‘tamiz, Pike terma jamoaning kechagi mashg‘ulotlarida o‘zini noqulay his qilib, maydonni erta tark etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar