
Ispaniya va Eron: Ikki sportchimiz legionerga aylandi!
So‘nggi yillarda mamlakatimizda velosportga qaratilayotgan e’tibor samarasida bir qator iqtidorli velopoygachilar kamol topmoqda.
Natijada velosportchilarimiz turli nufuzli musobaqalarda muntazam ishtirok etgan holda o‘z iqtidorlarini namoyish etayotir.
O‘tgan yilgi mavsumda yangidan-yangi zafarlarni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Yanina Kuskova hamda Nafosat Qozieva faoliyatida ajoyib yangilik bo‘ldi.
Jumladan, Nafosat velosportning shosse yo‘nalishidagi yangi mavsumda Eronning "S.P.T. Crown Continental Team" klubi sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
“Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Yanina Kuskova esa Ispaniyaning "Laboral Kutxa - Fundación Euskadi" jamoasi safiga qo‘shildi.
Fikrlar