Ispaniya yoshlar termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning bu termasida yaxshi jamoa shakllangan"

  • 13 oktabr, 2023, 21:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Jlimpiya terma jamoasi hamda Ispaniya U21 termalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va o‘yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

Tecno

Bellashuvdan so‘ng Ispaniya termasi bosh murabbiyi Santi Denia matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Bu o‘yin juda ham ahamiyatli bo‘ldi. To‘liq tarkibni ham sinab ko‘rish imkoni bo‘ldi. Oldindagi o‘yinlarga ham tayyorgarlik ko‘rib oldik, deb o‘ylayman.

Avvalo, ushbu ajoyib bahs bilan jamoangizni tabriklayman. Ularning Olimpiada tomon yo‘l olishiga ishonsa bo‘ladi. Sizda yaxshi jamoa shakllangan. 

Biz bu o‘yinda to‘pga egalik qilishni juda istadik. Qaysidir pallada biz maqsadimizga erishdik, ammo ba’zi vaqtlarda O‘zbekiston yaxshiroq harakat qildi va to‘p nazoratiga egalik qildi.

Futzal terma jamoangiz bosh murabbiyi bilan ko‘p vaqt birga ish olib borganmiz. Uni juda yaxshi taniyman. Shu fursatdan foydalanib, futzal terma jamoangizga ham omad va zafarlar tilab qolamiz!", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!