Ispaniyada yutmagan va yutqazmagan bittadan jamoa qoldi

  • 2 oktabr, 2023, 21:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining sakkizinchi turidan keyin raqiblariga imkoniyatni boy bermagan va hali g‘alaba nashidasini surmagan bittadan jamoa qoldi.

Ettinchi turdan keyin “Jirona” faqatgina bir uchrashuvda durang o‘ynab, qolganlarida raqiblarini er tishlatgan halda peshqadamlik qilayotgan edi. “Real” jamoasi “Jirona” maydoniga borib, mezbonlar darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi va peshqadamlikni tortib oldi.

Shu tariqa, “Jirona” ilk mag‘lubiyatini tan oldi. Engilmaganlar soni bittagacha qisqardi. Hozircha, “Barselona”ni kuragini erga tekkizadigani topilmayapti. Xavi Ernandes shogirdlari sakkizta uchrashuvdan oltitasida g‘alab qozongan va ikkitasida ochko bo‘lishgan.

La Ligada hali biror marta g‘alaba qozonmagan yagona klub “Almeriya” bo‘lib turibdi. Bu jamoa hujumchisi Luis Suares besh daqiqa ichida “Granada” darvozasiga uchta gol urganidan keyin muxlislar g‘alabani nishonlashga kirishib ketgandi. Biroq raqib o‘yinning ikkinchi yarmida hisobni tenglashtirishni uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!