Ispaniyada zo‘r darvozabon paydo bo‘ldi. “Barsa” va “Real” uni talashmoqda

  • 19 may, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sevilya” yoshlar jamoasi darvozaboni Alfonso Pastore tez orada kuchliroq klubdan qo‘nim topishi mumkin.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, 20 yoshli iste’dodli darvozabonni “Barselona” va “Real” o‘z safida ko‘rmoqchi. “Sevilya” darvozaboni joriy mavsumda uchinchi liga o‘yinlarida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z iste’dodini namoyish eta oldi.

Pastorening klub bilan shartnomasi tez orada yakuniga etadi. “Sevilya” uni yangi bitimga ko‘ndira olmasligi mumkin. Chunki yosh posbon o‘ziga “Barselona” va “Real” qiziqayotganini va ulardan birining safiga erkin agent sifatida qo‘shilish imkoniyati yuqoriligini yaxshi biladi.

Bundan tashqari, Pastorega “Liverpul”,  “Atletiko” va “Vilyarreal” kabi klublardan ham jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!