Ispanlar Sulsherning ishtahasini “bo‘g‘ib” qo‘ydi

  • 15.01.2021 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher o‘z jamoasi tarkibida “Sevilya”ning etakchi himoyachisi Jyul Kundeni ko‘rmoqchi.

Manchesterliklar 22 yoshli frantsiyalik futbolchini qishki transferlar vaqtida olishga harakat qilayotgani uchun "Sevilya” futbolchisiga yangi narx qo‘ydi. Unga ko‘ra, manchesterliklar Kundeni olishni istasa, 90 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi. Hozirgi sharoitni inobatga olsak, buning deyarli imkoni yo‘q.

Jyul Kunde joriy mavsumda La Ligada 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyani mustahkam ushlashdan tashqari, raqib darvozasiga bitta gol ham urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!