Isroil Madrimov jahon chempioniga qarshi jang qilmoqchi!

  • 30 iyul, 09:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Isroil Madrimov rossiyalik jahon chempioni bilan jang qilishni istmaqda. Bu haqda "Boxing Scene" nashri jurnalisti Lens Pagmayr xabar berdi.

Tecno

"Madrimov yana bir-ikkita jangdan keyin IBF kamari sohibi Baxram Murtazalievga qarshi ringga ko‘tarilmoqchi. O‘zbeksitonlik bokschi Terens Krouford va Virjil Ortis bilan jangda olgan jarohatlardan tiklanmoqda. Reja bo‘yicha Isroil bir yoki ikkita jang o‘tkazib, keyin super yarim o‘rta vaznda IBF chempioniga qarshi chiqmoqchi" - deb yozdi Pagmayr X sahifasida.

Ma’lumot uchun, Madrimov oxirgi jangida Virjil Ortisdan ochkolar evaziga mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!