
Isroil Madrimov navbatdagi g‘alabaga erishdi
Hozirgina yakunlangan Isroil Madrimov ishtirokidagi jangda yurtdoshimiz g‘alaba qozondi. Isroil dastlabki raundlardanoq kuchli pressing uyushtirdi va buning oqibatida birinchi raundning o‘zida Alexandro Barrrerani nokdaun holatiga tushirdi. Lekin raqib o‘zini o‘nglab oldi. Shunday bo‘lsada qolgan raundlarda ham yurtdoshimiz katta ustunlikka erishdi. Meksikalik bokschi esa, 5 raundga qadar turib bera oldi. aynan ushbu raundda Isroilning ketma-ket zarbalari jang masalasini hal qildi va raqibini texnik nokautga uchratdi. Mazkur g‘alaba hamyurtimizning professional boksdagi to‘rtinchi g‘alabasi bo‘ldi. Barchasida u raqiblarini muddatdan avval mag‘lubiyatga uchratgan.
Fikrlar