Isroil Madrimov oltinchi raundda Gonsalesni nokautga uchratdi
Nyu-Yorkdagi "Medison Skver Garden" sport majmuasida kechayotgan jang kechasida bokschimizga meksikalik Norberto Gonsales (24-12, 13KO) raqiblik qildi.
Ushbu jang to‘liq hamyurtimizning ustunligida o‘tdi va 6-raundga kelib, referi jangni to‘xtatishga qaror qildi va Madrimov o‘zining uchinchi jangini ham muddatidan oldin yakunlashga erishdi.
Ushbu jang kechasining asosiy jangi Gennadiy Golovkin (38-1-1, 34KO) va Stiv Rolls (19-0, 10KO) o‘rtasida qarama-qarshilik birozdan so‘ng boshlanadi.

Fikrlar