
Isroil Madrimov WBA kamari sohibiga aylandi
Professional boksda o‘z yurishini davom ettirayotgan bokschimiz Isroil Madrimov bugun o‘zining chempionlik jangida ringga ko‘tarildi.
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan boks oqshomida vakilimizga rossiyalik Magomed Kurbonov (25-0, 13 KO) raqiblik qildi.
Madrimov 12 raundga belgilangan jangning 5 raundida Kurbonovni nokautga uchratdi va super o‘rta vazn toifasida WBA kamari egasiga aylandi.
Fikrlar