Isroil Madrimovdan "shedevr" mashg‘ulot va tavsiyalar...

  • 9 aprel, 2020, 12:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mamlakatimizning eng mashhur sportchilarining karantin holatida qanday foydali mashg‘ulotlar bilan band ekanligi va  o‘z o‘rnida qay tarzda vaqtini unumli o‘tkazish kerakligi borasidagi tavsiyalarini e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Bu safar boks bo‘yicha Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, professional boksda 5 ta jang o‘tkazib, barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan, WBA interkontinetal kamari sohibi Isroil Madrimov o‘zining maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Ayni kunda biz ham jismoniy holatimizni bir maromda ushlab turishga harakat qilyapmiz. Buning uchun uy sharoitida mashg‘ulotlarga e’tibor qaratmoqdamiz. Qolaversa, murabbiylarimiz bilan maslahatlashib, ma’lum bir reja asosida tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilyapmiz.

Yosh sportchilarimizga, umuman olganda mamlakatimizdagi barcha bolalarga jismoniya tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini, yaxshi bilim olishlarini aytgan bo‘lar edim. Alohida, qaysidir kitob yoki filmni ko‘ring deyish fikridan yiroqman. Faqat shuni ayta olamanki, ko‘rgan kino yoxud o‘qigan kitobingiz sizga ijobiy jihatdan  motivatsiya bera olsin. Lo‘nda qilib aytganda ibrat bo‘la oladigan mazmundagilarini o‘qing va ko‘ring deyishim mumkin.

Kitob o‘qish orqali aql charxlanadi, fikrlashingiz kengayadi. Bu holatlar sportchilarning ham muvaffaqiyatlarida asosiy rol o‘ynaydi.

Yakuniy so‘z o‘rnida, har qanday holatda ham o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang. Vaqtingizni foydali ishlarga sarflang. Eng asosiysi esa, karantin qoidalarini buzmang va uyda qoling!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!