
Isroil Madrimovning jangi bekor qilindi
Turki Al ash-Shayxning xabar berishicha, birinchi o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov va Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi.
"Bugun kechqurun shifokorlar Isroil Madrimovning o‘tkir bronxit bilan kasallangani va Bogachuk bilan jangni tark etishga majbur bo‘lganini tasdiqladi. Britaniyalik bokschi Izmail Devis Madrimovning o‘rnini egallaydi. O‘zbekistonlik jangchiga 22 fevralga qadar tuzalib ketishini tilaymiz", - deb yozdi Al ash-Shayx X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, vakilimiz va ukrainalik o‘rtasidagi bahs 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Fikrlar