Istalgan boy klubni cho‘chitadigan narx! Xvicha uchun "Napoli" qancha talab qilyapti?

Xvicha Kvaratsxeliya transferi uchun "Napoli" 100 million evrodan ko‘proq pul talab qiladi. 

Avvalroq, "Napoli" vingeriga PSJ va "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqandi. 

"Corriere dello Sport" xabariga ko‘ra, Italiya klubi futbolchini 120-130 million evroga baholamoqda. Ayni paytda neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis uni qo‘yib yuborishni istamayapti. 

"Napoli" gruziyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. "Roma" bilan o‘yin oldidan klub vakillari agent Mamuka va Jugeli Xvichaning otasi bilan muzokara olib borishdi. Tez orada ular yana uchrashadilar. 

A Seriyaning joriy mavsumida Kvaratsxeliya 31 o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol va 6 ta assist muallifiga aylangan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!