"Istanbul Bashakshehir" Shomurodovga nechi yillik shartnoma taklif qilmoqda?

  • 20 iyun, 17:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Jurnalistlar tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Istanbul Bashakshehir" Shomurodov bilan aloqaga chiqqan va unga 3 yillik shartnoma taklif qilgan.

Tecno

Ma’lumki, Shomurodov yangi murabbiy Jan Pero Gasperinining rejalariga kirmayapti. Avvalroq Eldor bilan 2027 yilgacha shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan, futbolchi esa Rimni tark etishni xohlamagan, hatto maoshni qisqartirishga ham rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz "Roma"ga 2021 yil yozida kelgan, ammo keyingi mavsumlarda "Spetsiya" va "Kalyari" jamoalarida ijarada to‘p surdi. 2024/25 yilgi mavsumda u 37 o‘yinda 7 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.

Ayni paytda rimliklar safida ukrainalik hujumchi Artem Dovbik ham harakat qilmoqda. Jamoa o‘tgan mavsumni A Seriyada 5-o‘rinda yakunladi va Evropa ligasining asosiy bosqichiga yo‘l oldi.

"Istanbul Bashakshehir" esa Turkiya chempionatini ham 5-o‘rinda tugatgan va Konferentsiyalar ligasining saralash bosqichida ishtirok etadi. Shunday qilib turkiyaliklar milliy terma jamoamiz sardoriga yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!