"Istanbul Başakşehir" Turkiya kubogining 2-tur uchrashuvini o‘tkazdi
Turkiya kubogining 2-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
Hamyurtlarimiz Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev to'p tepadigan "Istanbul Boshakshehir" o'z maydonida "Boluspor" jamoasini qabul qilib, durangga imzo chekdi. E'tiborli tomoni uchrashuvning 23-daqiqasida Abbosning burchakdan uzatib bergan topini jamoadoshi boshi bilan darvozaga aniq yo'llab, o'yinda hisobni ochib berdi. Biroq 44-daqiqaga kelib raqiblar oradagi farqni yo'qka chiqardi. O'yinning 84-daqiqasida istanbulliklar hujumchisi Da Koshta gol urib mezbonlarni oldinga olib chiqdi. O'yin yakuniga qadar hisob boshqa o'zgarmadi va "Boshakshehir" o'z hisobiga 3 ochko yozdirib qo'ydi.
Fikrlar