
"Istiqlol" Azizbek Amonovga 337 ming dollar to‘lab berdi!
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Azizbek Amonov 2021/2022 yilgi mavsumni Eronning "Istiqlol" jamoasida o‘tkazgan edi. Tehron klubining futbolchimizdan qarzi bor edi va bugun bu masala hal etildi.
"Bugun Azizbek Amanovga 337 ming dollar to‘landi va "Istiqlol"ning futbolchi oldidagi qarzi yopildi", - deya xabar berdi klub matbuot xizmati. Endi "Istiqlol" transferlar oynasida futbolchi sotib olishi mumkin bo‘ladi.
Fikrlar