Istomin yana bir turnirdagi ishtirokini yakunladi

  • 15 oktabr, 2020, 12:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Ispaniyaning Vilena shahrida "Chellenjer" turkumiga kiruvchi "Ferrero Open" turniri o‘tkazilmoqda. Unda hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etdi.

Sportchimiz yakkalik bahslarining 32/1 final bosqichida mezbonlar vakili Nikola Kunga qarshi kortga chiqdi. Turnirning 8-tartib raqam ostida saralangan Istomin raqibiga 2 setda imkoniyatni boy berdi: 7:6(7:5), 6:3.

Shuningdek, kecha hamyurtimiz juftlik bahslarida ham o‘z yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Kanadalik Peter Polanskiy bilan tandem hosil qilgan Istomin bu safar ham mezbon tennischilar qarshiligini sindira olmadi. Yakuniy hisob: 6:3, 6:3.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!