
Istominga Shvetsiyada biroz omad etishmadi
Hozirgina Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida ATR turkumidan o‘rin olgan mukofot jamg‘armasi qariyb 590 ming evroni tashkil etuvchi turnirning birinchi davrasidan o‘rin olgan bir qator bahslar yakuniga etdi.
Mazkur turnirda asosiy to‘r bahslaridan kurashga kirishgan O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin ham bugun o‘z o‘yinini o‘tkazdi.
Ilk bosqichda unga turnirning ettinchi, jahonning 37-raketkasi sanaladigan yaponiyalik Yuichi Sugita raqiblik qildi.
1 soat 56 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda hamyurtimiz 6:1, 3:6, 6:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ilk davradayoq kurashdan chiqdi.
Fikrlar