Italiya A Seriyasiga yangi prezident saylandi

  • 09.01.2020 09:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Paolo Dal Pino Italiya A Seriyasining yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra saylovda chempionatning barcha 20 ta klubi vakillari qatnashgan va ularnin 12 tasi aynan Dal Pino nomzodiga ovoz bergan.

Ma’lumot uchun, 57 yoshli Paolo Dal Pino bungacha noshirlik va telekommunikatsiya sohachida faoliyat olib borgan. U Fininvest, Mondadori, Kataweb, Telecom, SEAT, Pirelli va Wind kompaniyalarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, A Seriyaning avvalgi prezidenti Gaetano Michchike saylovda ro‘y bergan mojarolar sabab o‘tgan yilning noyabr oyida iste’foga chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!