Italiya chempioni “Siti” oʻyinchisini olishga majbur
“Inter” A Seriyaning joriy mavsumida muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Buning oqibatida Milan shahri jamoasi mavsum boshida “Manchester Siti”dan ijaraga olingan Manuel Akanjini avtomatik tarzda to‘liq transfer qilishiга to‘g‘ri keladi.
O‘tgan dam olish kunlari “Inter” o‘z tarixidagi 21-chempionlikni rasmiylashtirganidan keyin klub rahbariyati endi shveytsariyalik futbolchining doimiy transferi uchun to‘lov qilishga majbur.
Transfer summasi ochiqlanmagan, ammo Italiya matbuoti uni taxminan 15 million yevro atrofida, deb hisoblamoqda.
Bu “Inter” uchun juda yaxshi bitim, chunki jamoa tajribali o‘yinchini arzon narxda qo‘lga kiritmoqda. Ushbu mavsumda Manuel Akanji barcha musobaqalarda “Inter” safida 44 ta o‘yinda qatnashib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari 2 ta gol ham urgan. U muntazam asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.

Fikrlar