Italiya futboli muxlislari uchun muhim xabar

Italiya sport ishlari vaziri Vinchentso Spadafora o‘zining Facebook sahifasida mamlakat kubogining qolgan o‘yinlari o‘tkazilish kunlari haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 12 iyun kuni yarim final doirasida "Yuventus" "Milan"ni qabul qiladi, 13 iyunda esa ikkinchi o‘yinda "Napoli" "Inter" bilan bahs olib boradi.

Final uchrashuvi esa 17 iyun kuni bo‘ldi.

Oldinroq, Italiya chempionati 20 iyundan davom ettirilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!