
Italiya grandi MYu yulduziga taklif tayyorlayapti
"Manchester Yunayted"ning argentinalik vingeri Alexandro Garnacho hamon "Napoli"ning transfer short-listidan joy olgan.
The Mirror xabariga ko‘ra, Italiya klubi 20 yoshli futbolchini sotib olish uchun taxminan 52 million evro ajratishga tayyor. Futbolchining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
O‘tgan mavsumda Garnacho barcha musobaqalarda 58 ta jang o‘tkazdi. Argentinalik futbolchi o‘z hisobiga 11 ta gol va 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining bozor narxini 45 million evroga baholamoqda.
Fikrlar