
Italiya kubogi. "Inter" va "Yuventus" murosa ko‘chasini tanladi
Ialiya kubogining yarim finalidan o‘rin olgan "Inter" - "Yuventus" to‘qnashuvining dastlabki o‘yini bo‘lib o‘tdi. 1:1 hisobi bilan tugagan o‘yin voqeliklarga boy o‘tdi.
83-daqiqaga kelib Kuadrado hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda referi Perin darvozasiga penalti qo‘ydi. Lukaku imkoniyatdan foydalnib ketdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqrib qoldi. Bundan tashqari, match so‘nggida Lukaku, Kuadrado va Xandanovichga qizil kartochka ko‘rsatildi. Ushbu o‘yinchilar javob bahsini o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi uchrashuv Milanda 27 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar