Italiya nashri: Mourino hujumda Abraxam bilan birga tandem sifatida Dzanolo o‘rniga boshqa futbolchidan foydalanmoqchi. Bu kim bo‘lishi mumkin?

  • 9 aprel, 2022, 14:04
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyada navbatdagi tur start olmoqda. Italiya nashrlari doimgidek uchrashuvlar oldidan jamoalar haqida o‘yin oldi fikrlarni taqdim etmoqda.

Tecno

"La gazzetta dello sport" nashrida "Roma" - "Salernitana" bahsi oldidan tarkib, xususan, hujumdagi futbolchilar borasida quyidagi fikrlar ilgari surildi.

Hujumda Temmi Abraxam bilan birga harakat qilayotgan Nikolo Dzanolo o‘rnini Genrix Mxitaryan egallaydi. Rimliklarning oldingi chizig‘ida Joze shunday rotatsiyani amalga oshirmoqda. Lekin Nikolo Dzanolo tarkibdan tushib qolmaydi. Balki u hujum ortida tayanch vazifasini bajaradi. Vaqti-vaqti bilan Mxitaryan bilan o‘rin almashishi mumkin.

Bu orqali murabbiy bitta hujumchining o‘zidan foydalanishga, qolganlar zaxiradan maydonga tushishga "mahkum" etilmoqda. Ba’zan qanotda vinger rolida Stefan El-Shaaravi ham paydo bo‘lib qolsa ajab emas. Sof hujumchi Eldor Shomurodov qo‘shimcha kuch sifatida qaralmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umid Khaydarov
09/04/2022 15:44
K...tiga q.. shu romani. Buladida endi sports uz. Shomurodovdan boshqa gap yoqmi futbol olamida.