
Italiya superkubogi. "Napoli" finalga chiqdi
Italiya superkubogidan o‘rin olgan "Napoli" - "Fiorentina" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda neapolliklar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda Zerbin dubl qilgan bo‘lsa, Simone bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Napoli" finalga yo‘l oldi. Klubning keyingi raqibi "Inter" - "Latsio" bahsida ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar