Italiya terma jamoasini boshqarish uchun to‘rt nomzod bor

  • 14 noyabr, 2017, 13:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq xabar berganimizdek kecha Jampero Ventura Italiya terma jamoasi mundialga chiqa olmaganidan so‘ng iste’foga chiqishi haqida e’lon qilgan edi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha ushbu terma jamoani boshqarish uchun mamlakat futbol federatsiyasida 4ta asosiy nomzod bor. Ular Antonio Konte, Karlo Anchelotti, Massimiliano Allegri va Roberto Manchinilardir. Qayd etish kerakki, ushbu ro‘yxatdagi mutaxassislar orasida faqatgina Karlo Anchelotti ayni damda ishsiz hisoblanadi.

Ko‘ramiz, yuqorida nomlari keltirilgan mutaxassislardan qay biri mamlakat termasiga boshchilik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, pley-offda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Shvetsiya terma jamoasi Italiyani mag‘lub etib, JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!