
Italiya. “Yuventus” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani boy berdi
Kecha Italiya A Seriyasida 34-turga start berildi. Musobaqa peshqadami “Yuventus” jamoasi bu tur safarda “Atalanta”ga qarshi bahs olib bordi.
Juda ham qiziqarli va anchagina gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda “Yuve” futbolchilari 89-daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol evaziga tayyor g‘alabani boy berishdi.
Italiya A Seriyasi. 34-tur
Atalanta – Yuventus 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 45 Konti, 1:1 – 50, avtogol Spinatstsola, 1:2 – 83 Dani Alves, 2:2 – 89 Froyler.
Atalanta – Berisha, Toloi, Kaldara, Masello, Konti, Kristante, Froyler, Spinatstsola (Petanya, 86), Xatebur, Kurtich (Kessie, 66), Gomes.
Yuventus – Buffon, Dani Alves (Bardzali, 87), Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Pyanich, Xedira, Kuadrado (Lixtshtayner, 79), Dibala (Lemina, 88), Mandjukich, Iguain.
Ogohlantirishlar: Froyler (49), Kuadrado (75), Konti (80), Dani Alves (83), Gomes (85).
Fikrlar