Ivan Nagaev: BAA bilan o‘yinga O‘zbekiston MTJ faqat g‘alaba uchun boradi
Bugun poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasida O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ro‘ziqul Berdiev va hujumchi Ivan Nagaev bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda futbolchi quyidagi fikrlarni bildirdi.
- Barcha ko‘rdi, oldingi tarkib bilan nima bo‘lganini. Lekin vazifa o‘zgarmadi. Hozir tarkib to‘liq yangilandi va terma jamoaga yoshlar va yangi murabbiy taklif qilindi. BAA bilan uchrashuvda faqat g‘alaba uchun boramiz.
Har bir futbolchi terma jamoada o‘zini sinab ko‘rishga astoydil harakat qiladi. Bu uning orzu hisoblanadi. Menga berilgan imkoniyatdan unumli foydalanishga intilaman, - deydi Ivan Nagaev.
Fikrlar